Maxfiylik siyosati
- Hujjat raqami
- RX-PRV-2026-01
- Oxirgi yangilanish
- 19 oktyabr 2026
Ushbu siyosat ReadX sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qaysi maqsadda yigʻishi, qanday saqlashi va kimga koʻrsatishini tushuntiradi. Roʻyxatdan oʻtishda botda alohida rozilik soʻraymiz va rozilik sanasini saqlaymiz.
1. Qanday ma’lumotlar yigʻiladi
Ism va familiya, telefon raqam, tanlangan hudud va til, Telegram identifikatori hamda foydalanuvchi nomi (agar bor boʻlsa).
Tadbirlarga roʻyxatdan oʻtish va qatnashish tarixi, ticketlar, toʻplangan XP, soʻrovnoma javoblari va rozilik sanasi.
2. Nima maqsadda ishlatiladi
Roʻyxatdan oʻtishni yuritish, ticket berish, tadbirlar haqida eslatma va xabarlar yuborish, XP va reytingni hisoblash, tadbirlar sifatini yaxshilash uchun.
Telefon raqamingiz sizni tasdiqlash va ReadX jamoasi bilan aloqa uchun ishlatiladi.
3. Reytingda nima ochiq koʻrinadi
Ochiq reyting sahifasida faqat ismingiz, familiyangizning bosh harfi (masalan, «Umar A.»), hududingiz va XP miqdoringiz koʻrinadi.
Telefon raqam, Telegram identifikatori va toʻliq familiya ochiq sahifalarda hech qachon koʻrsatilmaydi. Reytingda koʻrinishni botdagi «Profilim» boʻlimidan oʻchirishingiz mumkin; bunda XP hisobingiz saqlanadi.
4. Uchinchi shaxslar
Ma’lumotlaringiz sotilmaydi va reklama maqsadida uchinchi shaxslarga berilmaydi.
Ma’lumotlar xizmat ishlashi uchun zarur texnik infratuzilmada (ma’lumotlar bazasi va hosting provayderlari) saqlanadi va qayta ishlanadi; ular ma’lumotlardan oʻz maqsadida foydalana olmaydi.
5. Saqlash muddati
Ma’lumotlar profilingiz faol boʻlgan davrda va xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan muddatda saqlanadi. Profilni oʻchirishni soʻrasangiz, ma’lumotlaringiz qonun talab qilgan hollar bundan mustasno, oʻchiriladi.
6. Sizning huquqlaringiz
Siz oʻz ma’lumotlaringiz bilan tanishish, ularni toʻgʻrilash, rozilikni qaytarib olish va ma’lumotlarni oʻchirishni talab qilish huquqiga egasiz.
Buning uchun ReadX jamoasiga botdagi «Yordam» boʻlimi yoki Telegram kanal orqali murojaat qiling.
7. Xavfsizlik
Ma’lumotlar bazasiga faqat server tomondan ruxsat beriladi, ochiq sahifalar esa alohida cheklangan koʻrinishlardan foydalanadi. Saytga kirish telefon raqamga yuboriladigan bir martalik kod bilan himoyalangan.
8. Cookie va brauzer xotirasi
Ochiq sahifalar cookie ishlatmaydi. Brauzeringizda faqat tanlagan koʻrinish rejimi (tungi/tongi) saqlanadi. Tizimga kirganingizda sessiya cookie’si ishlatiladi. Botda roʻyxatdan oʻtayotganingizda kirish sahifasi telefon raqamingizni qayta yozmasligingiz uchun brauzerda 30 daqiqagacha saqlashi mumkin, yordamchi suhbati esa tabni yopmaguningizcha saqlanadi.